Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MINTAQAVIY TURIZM XIZMATLARI SALOHIYATINI OSHIRISHDA IQTISODIY IMTIYOZLAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA MODELLASHTIRISH

Abdurazakov Shavkat ShokirdjanovichToshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil tadqiqotchis
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada mintaqaviy turizm xizmatlari salohiyatini oshirishda iqtisodiy imtiyozlardan foydalanishning institutsional va iqtisodiy samaradorligi tadqiq etiladi. Tadqiqotda iqtisodiy imtiyozlarning investitsiya, xizmatlar sifati, turist oqimi va hududiy multiplikatorlar orqali ta’sirini ifodalovchi konseptual model ishlab chiqildi. O‘zbekistonning 2020–2025-yillardagi xizmatlar va turizm bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatkichlari, 2025-yil xalqaro turist oqimi hamda 2026-yil xizmatlar eksporti dinamikasi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Natijalarni baholashda xarajat–foyda yondashuvi, diskontlangan pul oqimlari, ssenariy modellashtirish va ko‘rsatkichlar tizimi birlashtirildi. Hisob-kitoblar kompleks imtiyozlar paketi kapital qo‘yilmalarni qisqartirishdan tashqari xizmatlar daromadi, investitsiya qaytimi va hududiy iqtisodiy faollikni kuchaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Biroq imtiyozlarning samarasi ularning hajmidan ko‘ra maqsadliligi, infratuzilma bilan uyg‘unligi, natijadorlik indikatorlari va monitoring mexanizmlariga ko‘proq bog‘liq. Tadqiqot yakunida hududlar kesimida imtiyozlarni differensiallashtirish va natijaga bog‘langan rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar