TAXONOMIC COMPOSITION, TERRITORIAL DIFFERENTIATION AND ECOLOGICAL STRUCTURE OF REPTILE HELMINTHOFAUNA IN THE FERGANA VALLEY
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Annotatsiya.Koʻ p yillik gelmintologik materiallar hamda adabiyot ma'lumotlari asosida Fargʻ ona vodiysi reptiliyalari gelmintofaunasining taksonomik tarkibi, hududiy tarqalishi va ekologik-funksional tuzilishi tahlil qilindi.Reptiliyalarning faunistik roʻ yxatidan lokalitetlarni qayta tanlab olish natijasida Fargʻ ona vodiysi bilan bogʻ liq 44 ta gelmint taksoni hamda mustaqil faunistik shakllar ajratib olindi.Ulardan 34 tasi Nematoda (77,27%), 7 tasi Cestoda (15,91%) va 3 tasi Acanthocephala (6,82%) guruhlariga mansub.Viloyatlar darajasida aniq lokalizatsiyaga ega 39 ta taksondan Namangan viloyatida 27 ta, Fargʻ ona viloyatida 17 ta va Andijon viloyatida 7 ta takson qayd etildi.Jakkar oʻ xshashlik koeffitsienti Namangan-Fargʻ ona juftligi uchun J=0,158, Andijon-Fargʻ ona uchun J=0,143 hamda Andijon-Namangan uchun J=0,133 ni tashkil etdi.Faunalar kesishmasi tahlili (Venn diagrammasi) natijalariga koʻ ra, 18 ta takson faqat Namangan viloyatida, 9 tasi Fargʻ ona viloyatida va 1 tasi Andijon viloyatida qayd etilgan boʻ lib, uchala hudud uchun yagona umumiy komponent Tachygonetria longicollis turi hisoblanadi.Autoxton voyaga yetgan shakllar bilan bir qatorda alloxthon lichinka bosqichlarining mavjudligi Eremias, Phrynocephalus va Trapelus avlodlariga mansub kaltakesaklar parazitlarning trofik tizimlarida oraliq, rezervuar va paratenik boʻ gʻ inlar vazifasini oʻ tashidan dalolat beradi.Aksincha, Testudo horsfieldii gelmintofaunasida toʻ gʻ ri (monoksen) rivojlanish sikliga ega ichak nematodalari ustunlik qiladi.Olingan natijalar shuni koʻ rsatadiki, vodiy reptiliyalarining gelmintofaunasi hududiy jihatdan tabaqalashgan tizim boʻ lib, uning shakllanishi xoʻ jayin taksonomiyasi, biotop, oziqlanish spektri, oraliq xoʻ jayinlar bilan aloqalar hamda parazitlarning hayot sikllari orqali belgilanadi.Kalit soʻ zlar: Fargʻ ona vodiysi, Reptilia, gelmintofauna, Nematoda, Cestoda, Acanthocephala,
Hali tarjima qilinmagan