NaX TIPIDAGI SEOLITNING ANGREN KAOLINI ASOSIDA SINTEZI VA SPEKTROSKOPIK (FTIR) TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda NaX tipidagi seolit mahalliy Angren kaolini asosiy xomashyo sifatida qo‘llash orqali sintez qilindi. Kaolin mexanik faollashtirish, oksalat kislotasi yordamida kimyoviy tozalash va 500–800 °C da termik aktivatsiya bosqichlaridan o‘tkazilib, amorf metakaolin hosil qilindi. Olingan metakaolin NaOH va Na₂SiO₃ eritmalari bilan reaksiyaga kiritilib, Si/Al=1.63, Na/Al=1.0 va Na/Si=0.62 molyar nisbatlarga ega gel tizimi shakllantirildi. Gidrotermal sintez 120 °C da 48 soat davomida olib borilib, yuqori kristallik darajaga ega NaX seolit olindi. Olingan namuna IR (FTIR) spektroskopiya yordamida tahlil qilinib, 1006 cm⁻¹ da Si–O–Al karkas tebranishi, 3542 cm⁻¹ va 1640 cm⁻¹ da gidroksil hamda suv molekulalariga xos yutilish chiziqlari, 673 va 556 cm⁻¹ da esa seolit strukturasining deformatsion tebranishlari aniqlanib, LTA tipidagi kristall tuzilma shakllanganligi tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari mahalliy xomashyo asosida yuqori sifatli NaX seolit olishning samarali va ekologik jihatdan qulay ekanligini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan