Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KAEMPFEROL BILAN GKMAT NI 1:2 MOLEKULYAR NISBATLARDAGI SUPRAMOLEKULYAR KOMPLEKSINI IZOMOLYAR VA IN VITRО SHARОITIDA ANTIОKSIDANTLIK FAОLLIGINI ANIQLASH

Khurshida SaidovaToshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti – Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent, O‘zbekistonAkmal Khushvaqovich IslomovO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi A.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, Fizik-kimyoviy tadqiqot usullari laboratoriyasi, Toshkent , O‘zbekiston
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada kaempferol bilan GKMAT ning 1:2 molekulyar nisbatdagi supramolekulyar kompleksining antioksidantlik faolligi izomolyar va in vitro sharoitlarda o‘rganildi. Kaempferol tabiiy flavonoid birikma bo‘lib, kuchli antioksidant xususiyatlarga ega, GKMAT esa biologik faol moddalarning eruvchanligi va biofaolligini oshiruvchi komponent sifatida qo‘llanildi. Tadqiqot davomida kaempferol va GKMAT asosida hosil qilingan supramolekulyar kompleksning fizik-kimyoviy xossalari hamda erkin radikallarni neytrallash qobiliyati turli analitik usullar yordamida baholandi. Kompleksning antioksidantlik faolligi izomolyar tizim va in vitro sharoitlarda DPPH hamda boshqa radikal tutuvchi usullar asosida aniqlanib, natijalar sof kaempferol bilan solishtirildi. Tadqiqot natijalari supramolekulyar kompleks hosil bo‘lishi kaempferolning biologik faolligini oshirishini va uning antioksidantlik xususiyatlarini kuchaytirishini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar ushbu kompleksdan farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida istiqbolli biologik faol tizim sifatida foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba