MIS(II) NITRATNING 2,5-PIRIDIN DIKARBON KISLOTA BILAN KOORDINATSION BIRIKMASINING SINTEZI VA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILI
2026uz
ABI
Annotatsiya
Maqolada mis(II) nitrat tuzi va 2,5-piridin dikarbon kislota asosida yangi koordinatsion birikma sintez qilindi. Birikma DMFA va etanol aralash erituvchisida 1:1 mol nisbatda, 35 °C haroratda 7 kun davomida kristallanish sharoitida olindi. Olingan namunalar infraqizil (IQ) spektroskopiya hamda rentgen nurlari difraksiyasi (XRD) usullari yordamida tahlil qilindi. IQ spektr natijalari ligandning karboksilat guruhlari va piridin halqasi metall markaz bilan koordinatsiyaga kirishganini koʻrsatadi. XRD difraktogrammasi esa boshlangʻich moddadan farqli, yangi kristall faza hosil boʻlganini tasdiqlaydi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba