Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YASHIL INNOVATSIYALARNING IQTISODIYOTGA TA'SIRI

Barno RAZAKOVAOʻzbekiston Milliy universiteti dotsenti, PhD
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada yashil innovatsiyalarning iqtisodiyotga ta'sir mexanizmi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Yashil innovatsiyalar tushunchasining mazmuni yoritilib, ularning resurslardan samarali foydalanish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va jamiyatda ekologik ongni shakllantirishdagi oʻrni asoslab berilgan. Muallif tomonidan yashil innovatsiyalarning iqtisodiyotga ta'sir mexanizmi oʻn bosqichli model koʻrinishida ishlab chiqilgan va Oʻzbekistonda quyosh energetikasini, xususan, Samarqand viloyatidagi quyosh elektr stansiyasini rivojlantirish misolida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari yashil innovatsiyalar investitsiyalar va davlat ragʻbatlari bilan uygʻunlashganda mamlakatning barqaror iqtisodiy oʻsishi va ekologik barqarorligini ta'minlovchi muhim omil ekanligini koʻrsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba