INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA EKOLOGIK NEOLOGIZMLARNI ANIQLASH, TANLASH VA TASNIFLASH MEZONLARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi ekologik neologizmlarni aniqlash, tanlash va tasniflashning nazariy-metodologik mezonlari yoritiladi. Tadqiqotda xronologik yangilik, ekologik sohaga mansublik, lug‘aviy yaxlitlik, tushunarlilik, takroriylik, diskursda tarqalish va semantik barqarorlik asosiy mezonlar sifatida belgilanadi. Maxsus hamda umumiy korpuslar, elektron lug‘atlar, normativ-huquqiy hujjatlar, OAV va ijtimoiy tarmoq materiallaridan foydalanish yo‘llari ko‘rsatiladi. Avtomatik va yarim avtomatik qidiruv natijalarini ekspert tekshiruvi bilan uyg‘unlashtirish zarurligi asoslanib, neologizmlarni struktur, semantik, etimologik va kommunikativ-pragmatik jihatdan tasniflash tamoyillari taklif etiladi. Natijada tasodifiy yangi shakllarni haqiqiy ekoneologizmlardan farqlash va ikki til materialini yagona mezonlarda qiyoslash imkoniyati asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan