Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TUPROQ TARKIBINING KUZGI TUNLAM (AGROTIS SEGETUM) G‘UMBAGI HAYOTCHANLIGI VA KAPALAK CHIQISH DARAJASIGA TA’SIRI

Yoqubov Abutolib Axmadali o'g'liFarg'ona davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti, Zoologiya va umumiy biologiyaIslomjon Ilhomjonovich ZokirovFarg‘ona davlat universiteti
2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, xususan namlik darajasi, sho‘rlanish, qumoqlilik va g‘umbak chuqurligi bilan kuzgi tunlam g‘umbagi kapalak chiqish samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganilgan. Eksperimental tajribalar davomida g‘umbaklar (ayniqsa pronimfa bosqichida) Oltiariq va Toshloq hududlariga xos ikki xil tuproq sharoitida, har xil chuqurliklarda joylashtirilib, ularning hayotchanligi, kapalakning nuqsonsiz shakllanishi va uchish qobiliyati baholandi. Natijalar chuqurlik oshishi, sho‘rlanish darajasining yuqoriligi hamda namlikning yetarli emasligi kapalaklarning erkin chiqish foizini kamaytirishini ko‘rsatdi. Ushbu ish tuproq parametrlarining biologik transformatsiya jarayonlariga ta’sirini chuqurroq o‘rganish hamda agroekologik tizimlarni boshqarishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar