Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

G‘O‘ZA (Gossypium hirsutum L.) TO‘QIMALARI KULTURASIDA KALLUSOGENEZ VA SOMATIK EMBRIOGENEZ UCHUN OZUQA MUHITINI OPTIMALLASHTIRISH

I.E. BozorovO‘zR FA Genomika va bioinformatika markazi, Qibray, O‘zbekistonM.M. Darmanov
2026uz
ABI

Annotatsiya

G‘o‘zada kallusogenez va somatik embriogenez jarayonlari o‘simlik to‘qimalarini laboratoriya sharoitida o‘stirish va ulardan yangi o‘simliklar olishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayonlarning samaradorligi eksplant turi, ozuqa muhitining tarkibi va o‘stiruvchi moddalar konsentratsiyasiga bog‘liq. Shu sababli, kallus va somatik embrionlar hosil bo‘lishi uchun maqbul sharoitlarni aniqlash g‘o‘za to‘qimalarini o‘stirish usullarini takomillashtirishga yordam beradi. Mazkur tadqiqotda Coker-312 g‘o‘za genotipining gipokotil eksplantlarida kinetinning turli konsentratsiyalari kallusogenez va somatik embriogenez jarayonlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi. Tajriba davomida 2,4-D konsentratsiyasi va MS ozuqa muhitini miqdori o‘zgarmas holda saqlanib, kinetinning 0 dan 1,0 mg/L gacha bo‘lgan turli konsentratsiyalarini o‘z ichiga olgan olti xil ozuqa muhitlaridan foydalanildi. Kallus hosil bo‘lishining eng yuqori ko‘rsatkichi MS3 ozuqa muhitida qayd etildi. Ushbu natija ozuqa muhitidagi 2,4-D va kinetin konsentratsiyalari o‘rtasidagi nisbat kallusogenez va somatik embriogenez jarayonlariga ta’sir etish mumkinligini ko‘rsatdi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar