O‘zbekiston gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish va uning rivojlanish istiqbollari
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-129-son va 2026-yil 1-maydagi PQ-163-son qarorlarida belgilangan gidroenergetika rivojlantirish maqsadlari tahlil qilinib, mavjud kichik va o‘rta quvvatli GES kaskadlarining ish rejimini energoaudit tamoyillari asosida optimallashtirish orqali gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Norin GES kaskadi va Katta Farg‘ona kanali kichik GESlar kaskadi misolida suv tanqisligi davrlarida gidroagregatlarning ishga tushirish-to‘xtatish rejimini boshqarishga oid matematik model va gisterezisga asoslangan boshqaruv strategiyasi taqdim etiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, davlat siyosatida belgilangan yangi quvvatlarni joriy etish bilan bir qatorda, mavjud infratuzilmaning ish samaradorligini oshirish milliy gidroenergetika dasturining muhim zaxirasi hisoblanadi.
Hali tarjima qilinmagan