Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULK VA YER SOLIQLARI MA’MURIYATCHILIGI SAMARADORLIGI TAHLILI

Nilufar AkbarovaQo‘qon universiteti Andijon filiali, “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi o‘qituvchisi
2026uz
ABI

Annotatsiya

So‘nggi yillarda davlat budjeti daromadlarini oshirish va mahalliy budjetlarning moliyaviy barqarorligini ta‘minlashda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk va yer soliqlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xususan, soliq ma‘muriyatchiligi samaradorligini oshirish soliq tushumlarini ko‘paytirishga, soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishini ta‘minlashga va soliq tizimining shaffofligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Soliq organlari faoliyatini raqamlashtirish, kadastr ma‘lumotlarini takomillashtirish va soliqlarni undirish mexanizmlarini rivojlantirish orqali samarali soliq muhitini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari ma‘muriyatchiligi samaradorligi, mavjud muammolar hamda uni takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar