Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

PHLOMOIDES CANESCENS O‘SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN PEKTIN MODDALARNING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA PREBIOTIK FAOLLIGI

Hilolaxon Rustamjonovna RahimovaИбрагимов АлиджанFarg‘ona davlat uiversiteti, kimyo kafedrasi professori,k.f.d
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Hozirgi kunda dunyo miqyosida dorivor o‘simliklarning tur tarkibini aniqlash, ularning biologik xususiyatlarini o‘rganish, senopopulyatsiyalar holatini baholash, tabiiy resurslarini aniqlash, tashqi muhit omillari ta’sirida populyatsiyalarda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni ilmiy asoslash hamda kamayib borish sabablarini tahlil qilish dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda shaxarlarni kengayishi hamda tabiiy kelib chiqishga ega dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabning ortishi ularning tabiiy zaxiralari qisqarishiga olib kelmoqda. Shu sababli mahalliy floraga mansub istiqbolli dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibini chuqur o‘rganish, biologik faol komponentlarini ajratib olish va ularning amaliy ahamiyatini baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqotda Farg‘ona viloyati Shohimardon hududida tarqalgan Phlomoides canescens o‘simligining yer ustki qismidan pektin moddalari ajratib olindi va ularning fizik- kimyoviy xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, P. canescens pektin moddalari past efirlangan biopolimerlar guruhiga mansub ekanligi aniqlandi. Shuningdek, ajratilgan pektin moddalari ayrim probiotik mikroorganizmlar o‘sishini rag‘batlantirishi, ya’ni prebiotik faollikka ega ekani ko‘rsatildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba