Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

APIS MELLIFERA LINNAEUS, 1758 (HYMENOPTERA: APIDAE) TURINING MOLEKULYAR-GENETIK TAVSIFI

Mirzaxmedov Muhammadjon Fazliddin-o'g'liNamangan davlat universiteti, tayanch doktorantiBakhtiyor Kholmatov
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Apis Linnaeus, 1758 avlodiga mansub turlarning molekulyar-genetik xilma-xilligi mitoxondrial DNKning COI geni (467 j.a.) asosida o‘rganildi. Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan yig‘ilgan A. mellifera namunalari GenBank ma’lumotlari bilan taqqoslanib, genetik masofa matritsasi, issiqlik xaritasi va filogenetik daraxt tuzildi. Filogenetik daraxtda yetti tur beshta aniq kladaga ajraldi, bunda tadqiqot doirasida yig‘ilgan namunalar A. mellifera turiga mansub alohida monofiletik guruh (V klada, e guruhi) hosil qildi. Olingan natijalar O‘zbekiston hududidagi asalarilar populyatsiyalarining molekulyar-genetik pasportini yaratish va turlarni DNK-barkodlash orqali aniq identifikatsiya qilish imkoniyatini ochib beradi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba