Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KREATIV TURIZM XIZMATLARINING KOʻP MEZONLI KLASSIFIKATSIYASI VA KLASTER YONDASHUVI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada kreativ turizm xizmatlarini ilmiy asosda, bir necha belgi boʻyicha guruhlash masalasi koʻrib chiqiladi. Bugungi kunda sayyohlar shunchaki kuzatuvchi boʻlib qolmasdan, ijodiy jarayonda faol qatnashishni istaydi. Shu sababli kreativ turizm mustaqil va tez oʻsayotgan yoʻnalishga aylandi. Biroq uning xizmatlarini yagona tizim asosida guruhlashning aniq usuli hozircha ishlab chiqilmagan. Tadqiqotning maqsadi kreativ turizm xizmatlarini beshta belgi, ya'ni funksional yoʻnalishi, hududiy joylashuvi, madaniy-etnografik xususiyatlari, innovatsion komponenti va iste'molchi ishtiroki darajasi boʻyicha guruhlash tizimini yaratish hamda undan turizmni klaster asosida boshqarishda foydalanish yoʻllarini koʻrsatishdan iborat. Ishda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil va guruhlash usullaridan foydalanildi. Natijada beshta belgidan iborat tasniflash jadvali tuzildi va uning har bir belgisi klaster tuzilmasining muayyan qismi bilan bogʻlandi. Olingan natijalar mintaqaviy turizm klasterlarini loyihalash, kreativ mahsulotlarni bir-biridan farqlash va boshqaruv qarorlarini ilmiy asosda qabul qilishda foydali boʻladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba