O‘ZBEK INTERNET DISKURSIDA KECHIRIMLILIKNING IJTIMOIY-LISONIY XUSUSIYATLARI.
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek internet diskursida kechirimlilik kategoriyasining ijtimoiy-lisoniy, lingvopragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari tadqiq etiladi. Raqamli kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanishi natijasida ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, internet forumlari va virtual muloqot platformalarida kechirim so‘rash, uzr bildirish, aybni tan olish hamda kechirish bilan bog‘liq nutqiy aktlar o‘ziga xos ifoda shakllariga ega bo‘lmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘zbek internet diskursida kechirimlilikning lisoniy voqelanish mexanizmlarini aniqlash, uning ijtimoiy maqom, kommunikativ masofa, raqamli etiket va virtual muloqot sharoitlari bilan o‘zaro munosabatini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, kontekstual, lingvopragmatik, sotsiolingvistik va diskursiv tahlil metodlaridan foydalanildi. Internet muloqotiga xos «uzr», «kechirasiz», «malol kelmasin», «xafa bo‘lmang», «noto‘g‘ri tushunmang», «hechqisi yo‘q», «mayli, bo‘lib turadi» kabi lisoniy birliklarning kommunikativ vazifalari tahlil qilindi.
Hali tarjima qilinmagan