KARTOSHKA EKILGANDA O‘SIMLIK BARG SATHINING O‘ZGARISHIGA MINERAL O‘G‘IT, GERBITSID VA BIOSTIMULYATORLARNING TA’SIRI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada mineral o‘g‘itlar (N200P170K100) bilan ishlov berilgan kartoshka ekini ekilgandan so‘ng begona o‘tlarga qarshi ekish bilan bir vaqtda va o‘suv davrida qo‘llanilgan gerbitsidlar salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida biostimulyatorlarni qo‘llab, o‘simliklar barg sathining o‘zgarishiga ta’siri o‘rganildi. Gerbisidlar va mineral o‘g‘itlar (N200P170K100) va biostimulyatorlarning qo‘llanilgan variantlarda nazorat variantiga nisbatan dastlab barg sathi kam bo‘ldi. Sababi o‘simlik bo‘yi 15 smga etgunga qadar gerbisidlar sepilgan variantlarda o‘simlik stressga uchrashi kuzatildi. So‘nga biostimulyatorlarning qo‘llanilganda 10, 20, 30 kunlardan keyin nazoratga nisbatan barglar soni ko‘paydi va barg sathi xam oshganligi aniqlandi.