AYRIM AROMATIK ALDEGIDLARNI GRINYAR REAKTIVI YORDAMIDA ENANTIOSELEKTIV ALKINILLASH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Molekulasida ftor, xlor, brom, kislorod, oltingugurt va azot atomlari saqlagan benzaldegid va uning turli xil hosilalarini etilmagniyxlorid, 2-(dibutilamin)-1-fenilpropanol-1 va triftoretanol asosida tayyorlangan katalitik sistemada siklopropiletin bilan alkinillash reaksiyasi bo‘yicha yangi avlod aromatik atsetilen spirtlarini sintez qilish usuli tadqiq qilingan. Tanlangan aldegidlar molekulasidagi geteroatomlar, katalizator va erituvchilar tabiati, reaksiya davomiyligi va haroratning mahsulot unumiga ta’siri tizimli ravishda o‘rganilgan. Alkinillash jarayonining yo‘nalishi, bosqichlari hamda reaksiya mexanizmlari taklif qilingan.Sintez qilingan birikmalarning tarkibi, tozaligi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullarda isbotlangan.