OLIY TAʼLIMDA BIOLOGIYA FANLARINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA OʻQITISH METODIKASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy taʼlim muassasalarida biologiya fanlarini oʻqitishda kompetensiyaviy yondashuvni qoʻllash metodikasi tahlil qilingan. Kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati, uning anʼanaviy bilim-koʻnikma-malaka yondashuvidan farqi, hamda talabalarda fanga oid, kasbiy va umumtizimli kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy metod va texnologiyalar yoritilgan. Tadqiqot natijalari kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan mashgʻulotlar talabalarning nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatini sezilarli darajada oshirishini koʻrsatadi. Maqolada kompetensiyalarni baholash mezonlari tizimi hamda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning bosqichli modeli taklif etilgan. Oliy taʼlim muassasalarida biologiya fanlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida oʻqitishning metodik asoslarini, qoʻllaniladigan faol taʼlim usullari va texnologiyalarini hamda ularning talabalar kompetensiyasini shakllantirishga taʼsirini ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili asosida yoritish.