Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BÖLAJAK BOŞLANĞIÇ SINF ÖQITUVÇILARINING ONA TILI TA'LIMINI LOYIHALAŞ KÖNIKMASI: MAZMUNI VA TARKIBIY QISMLARI

Dilrabo Ravshan qizi MalikovaNizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti tayanç doktoranti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada bölajak boşlanğiç sinf öqituvçilarining ona tili ta'limini loyihalaş könikmasi mazmuni va tarkibiy qismlari masalasi körib çiqilgan. "4+2" tartibidagi pedagogik amaliyot va yangi darsliklarning joriy etilişi talabadan ona tili darsini oliy ta'lim davridayoq mustaqil loyihalaşni talab qilayotgani muammoning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotda özbek, MDH va xorijiy adabiyotlarni qiyosiy tahlil qiliş, tuşunçalar tahlili, amaldagi 2- va 3-sinf "Ona tili" darsliklari materialini lingvodidaktik tahlil qiliş hamda modellaştiriş usullari qöllandi. Mavjud yondaşuvlarda maqsad qöyiş, mazmun va metod tanlaş hamda baholaş yaxşi işlab çiqilgani, biroq til materialini tahlil qiliş loyihalaşning mustaqil tarkibiy qismi sifatida ajratilmagani aniqlandi. Ilmiy yangilik sifatida könikmaga işçi ta'rif berildi va uning lingvodidaktik-tahliliy, maqsadnatijaviy, mazmuniy-konstruktiv, baholaş-diagnostik hamda refleksiv-tuzatuvçi tarkibiy qismlari kuzatiladigan körsatkiçlari bilan asoslandi. Muallifning pozitsiyasiga köra, lingvodidaktik tahlil könikmaning özagi bölib, qolgan qismlarning töğriligi şu tahlil sifatiga boğliq. Natijalar "Ona tili öqitiş metodikasi" fanida loyihalaş topşiriqlarini tuziş va könikmani baholaş mezonlarini işlab çiqiş uçun asos böladi. Kalit sözlar: ona tili ta'limi, loyihalaş könikmasi, dars loyihasi, lingvodidaktik tahlil, bölajak boşlanğiç sinf öqituvçisi, pedagogik mazmun bilimi, refleksiya, "4+2" amaliyoti.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar