FISKAL NOMARKAZLASHTIRISH SHAROITIDA MAHALLIY BUDJETLAR BARQARORLIGI VA TUMANLAR MOLIYAVIY MUSTAQILLIGINI BAHOLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Tezisda 2019-2025-yillardagi mahalliy budjetlar ijrosi asosida ularning moliyaviy barqarorligini o'lchash usullari tahlil qilingan. Mahalliy budjetlarning o'z daromadlari bilan xarajatlarni qoplash darajasi 2025-yilda 65,3 foizni tashkil etgani, hududlar o'rtasidagi farq 43,2 foizdan 86,5 foizgacha ekani aniqlangan. Besh indikatorga asoslangan mahalliy budjet barqarorligi integral indeksi taklif etilgan. Tezisda 2025-yildan boshlangan soliqlarni tuman darajasiga o'tkazish islohotining birinchi yili natijalari 206 ta tuman (shahar) budjeti ma'lumotlari asosida tahlil qilingan. Rejada 130 ta tuman transfertsiz muvozanatlangan bo'lsa-da, yil yakunida faqat 5 tasi xarajatlarini o'z daromadlari bilan to'liq qoplagani, qoplash medianasi 73,0 foiz ekani aniqlangan. Reja va ijroni yagona ta'rif asosida taqqoslash metodikasi taklif etilgan.