MULTIMODAL TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA PEDAGOGIK KADRLARNI TAYYORLAŞNING INTEGRATIV ILMIY-METODIK TIZIMI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Uşbu maqolada raqamli transformatsiya şaroitida pedagogik kadrlarni tayyorlaş jarayonini multimodal ta'lim texnologiyalari asosida takomillaştirişning nazariy-metodologik va ilmiy-metodik asoslari tadqiq etiladi. Zamonaviy ta'lim makonida pedagogning kasbiy faoliyati faqat axborotni oğzaki yoki yozma şaklda yetkaziş bilan çegaralanmay, turli semiotik va texnologik vositalar - matn, grafik, infografika, audio, video, animatsiya, simulyatsiya, interaktiv platformalar, virtual muhitlar hamda sun'iy intellekt asosidagi raqamli vositalarning pedagogik maqsadga muvofiq integratsiyasini talab etmoqda. Tadqiqotning asosiy konseptual ğoyasi multimodal ta'lim texnologiyalarini alohida texnik vositalar yiğindisi sifatida emas, balki pedagogik maqsad - mazmun - multimodal kodlaş - faoliyat - diagnostika - adaptatsiya - refleksiya örtasidagi uzviy aloqani ta'minlovçi yaxlit ilmiy-metodik tizim sifatida talqin qilişdan iborat. Maqolada pedagogik kadrlarni tayyorlaşning motivatsion-aksiologik, kognitiv-mazmuniy, multimodal-operatsional, adaptiv-diagnostik va refleksiv-kreativ komponentlaridan tarkib topgan integrativ model işlab çiqiladi. Mazkur modelning öziga xosligi ta'lim oluvçining dastlabki kompetensiya holatini diagnostika qiliş, unga mos multimodal ta'lim trayektoriyasini şakllantiriş, raqamli va sun'iy intellekt vositalari asosida pedagogik faoliyatni modellaştiriş, natijalarni raqamli diagnostika orqali baholaş hamda refleksiv qayta loyihalaş mexanizmlarining yagona siklga birlaştirilişidadir. Kalit sözlar: multimodal ta'lim, multimodal pedagogika, pedagogik kadrlar, ilmiy-metodik tizim, raqamli pedagogika, raqamli kompetentlik, multimodal kompetentlik, adaptiv ta'lim, sun'iy intellekt, pedagogik dizayn, raqamli diagnostika, refleksiv faoliyat.