Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TURLI BUG’DOY GENOTIPLARIDA MIKROELEMENTLI OZIQLANTIRISHNING MORFOLOGIK VA HOSILDORLIK KOMPONENTLARIGA TA’SIRINI QIYOSIY BAHOLASH

Umarova GulnozaxonAndijon davlat universiteti tayanch doktorantiS.S BabayevaO‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimiG.A KimsanovaTaqrizi asosida A.K.Xusanov
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda turli bug’doy navlarida mikroelementlar bilan boyitilgan oziqlantirishning o‘simliklarning morfologik hamda hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta‘siri o‘rganildi. Tajribada mikroelementga boyitilgan variantlar bilan mikroelementsiz nazorat variantlar qiyosiy baholandi. Tadqiqot davomida o‘simlik bo‘yi, boshoq uzunligi, boshoq og‘irligi, boshoqchalar soni, bitta boshoqdagi donlar soni va don vazni shuningdek 1000 don vazni aniqlandi. Umumiy bo‘y uzunligi bo‘yicha mikroelementlar bilan boyitilgan navlarda nazoratga nisbatan ta’siri barcha navlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Bezostaya genotipida o‘rtacha 101.4 sm ni tashkil qildi. NPK elementlari boshoq uzunligiga ta’sir etmagan bo‘lsada nazorat muhitida ham Bezostaya navida o‘rtacha 22.3 sm qayd etildi. NPK elementlari nazorat muhitida navlarda don soni va don vaznining oshishiga olib kelmasada umumiy xosildorlikning ortishiga olib keldi. Qolgan Alekseyevich, Antonina, Drujba, Grom, Gurt, Pervitsa hamda Krasnodarskaya 99 navlarida esa nazorat va tajriba variantlari o‘rtasida sezilarli farqlar kuzatilmadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar