BOLALARDAGI ALLERGIK RINITNI DAVOLASHNING FARMOKOLOGIK ASOSLARI VA FARMOKOTERAPIYASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Allergik rinit – bolalarda keng tarqalgan allergik kasallik boʻlib, u burun shilliq qavatining yalligʻlanishi, burun bitishi, aksa urish, qichishish va ko‘z yoshlanishi kabi simptomlar bilan namoyon boʻladi. Ushbu maqolada allergik rinitning patogenezi, epidemiologiyasi va zamonaviy farmakoterapiya yondashuvlari tahlil qilinadi. Bolalarda allergik rinitni davolashda qo‘llaniladigan asosiy dorivor vositalar – antihistamin preparatlar, intranazal kortikosteroidlar, dekongestantlar va leukotrien retseptorlari antagonistlarining samaradorligi yoritib beriladi. Shuningdek, immunoterapiyaning ahamiyati va kelajakdagi yangi dorilar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar haqida ham fikr yuritiladi. Maqolada farmakoterapiyaning individual yondashuvi, yoshga mos dozalar va dorilarning nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish usullari muhokama qilinadi.