QOROVULBOZOR TUMANI SUG‘ORILADIGAN SUR TUSLI QO‘NG‘IR- O‘TLOQI TUPROQLARINING FERMENTATIV FAOLLIGIGA ShO‘RLANISh TIPI VA DARAJASINING TA’SIRI
Annotatsiya
Tadqiqotda sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda sho‘rlanish darajasi, tuproq profili chuqurligi va yil fasllarining proteaza hamda ureaza fermentlari faolligiga ta’siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, har ikki fermentning eng yuqori faolligi 0-25 sm qatlamda, ayniqsa yoz mavsumida qayd etildi. Sho‘rlanish darajasi ortishi va profil chuqurlashishi bilan proteaza va ureaza faolligi izchil kamaygan. O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda yozgi davrda proteaza faolligi sho‘rlanmagan variantga nisbatan 30,2 %, ureaza faolligi esa 37,1 % ga kamaygan. Olingan natijalar sho‘rlanish tuproqdagi oqsil birikmalarining parchalanishi va azot aylanishi bilan bog‘liq fermentativ jarayonlarni cheklashini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan