OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGINI STANDARTLASHTIRISH VA NAZORAT QILISHDA XITOY TAJRIBASI HAMDA UNI O'ZBEKISTON AMALIYOTIGA MOSLASHTIRISH YO'NALISHLARI
Annotatsiya
Maqolada Xitoyning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini standartlashtirish va nazorat qilish tajribasi hamda uni O'zbekistonga moslashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. FAO/JSSTning Oziq-ovqat nazorati tizimini baholash vositasi (FCSAT) o'lchovlari bo'yicha qiyosiy tahlil va siyosat transferi nazariyasiga asoslangan mezonli baholash qo'llanildi. 2024-yilda Xitoyda 6,79 mln partiya oziq-ovqat mahsuloti tekshirilgan, nomuvofiqlik darajasi 2,96 % ni tashkil etgan. O'zbekistonda oziq-ovqat eksportining 72,8 % i meva-sabzavot mahsulotlariga to'g'ri keladi, 2025-yilda esa import qiluvchi mamlakatlardan 700 dan ortiq e'tiroz kelib tushgan. Xitoyning sakkizta nazorat vositasidan korxonalarning ishonchlilik reytingi yuqori, beshtasi esa o'rta darajadagi moslashtirish imkoniyatiga ega. Xitoy tajribasining asosiy ahamiyati institutsional tuzilmada emas, balki nazorat samaradorligini natija ko'rsatkichlari orqali o'lchash va mas'uliyatni oziq-ovqat zanjiri bo'ylab taqsimlashda ekanligi asoslandi. 2027–2029-yillar uchun KPI ko'rsatkichlariga ega olti bosqichli yo'l xaritasi taklif etildi.