MEHNAT BOZORIDA INSON RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MIKRO VA MAKRO DARAJALARNING AHAMIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada inson resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashning koʻp oʻlchovli mezonlar va koʻrsatkichlar tizimi asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida iqtisodiy, ijtimoiy, innovatsion, strategik va institutsional mezonlar ajratib koʻrsatilgan boʻlib, ularning har biri uchun oʻlchanadigan miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari tizimlashtirilgan. Ishlab chiqilgan metodika makro darajada mehnat bozorida davlat siyosatining samaradorligini baholash uchun, mikro darajada esa, tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish amaliyotini tahlil qilish uchun qoʻllanilishi mumkinligi bilan ajralib turadi. Maqolada taklif etilgan yondashuv inson resurslaridan foydalanishning joriy holatini yaxlit baholash bilan bir qatorda, ularni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlashga ham xizmat qiladi. Olingan natijalar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi kontekstida malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan