REACTION OF 5-(O-TOLUIDINO, N-BUTYLAMINO AND Α- NAPHTHYLAMINO)-1,3,4-THIADIAZOLINE-2-THIONES WITH MALEIC ANHYDRIDE: SYNTHESIS AND IN SILICO EVALUATION OF BIOLOGICAL ACTIVITY
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda 5-o-toluidino-, 5-n-butilamino- va 5-α-naftilamino- 1,3,4-tiadiazolin-2-tionlarning malein angidridi bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilib, yangi N-atsil hosilalarni sintez qilish hamda ularning tuzilishini va nazariy jihatdan biologik xususiyatlarini baholash maqsad qilingan. Reaksiyalar trietilamin ishtirokida absolyut benzol erituvchisida xona harorati va 80℃ da amalga oshirildi. Sintez qilingan mahsulotlarining tuzilishi IQ- va UB-Vis spektroskopik tahlillari, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida tavsiflandi. Sintez qilingan birikmalarning nazariy biologik faolligi PASS dasturi yordamida in silico baholandi. Olingan natijalar 1,3,4-tiadiazolin-2-tion molekulasini malein angidridi bilan atsillash orqali yangi biologik faol birikmalar sintez qilish imkoniyatini yaratib, ularning keyingi tadqiqotlar uchun istiqbolli birikmalar ekanligini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan