INGLIZ VA O’ZBEK ADABIYOTIDAGI TARIXIY SHAXS OBRAZINING NAZARIY TALQINI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Mazkur maqolada tarixiy asarlarda tarixiy shaxs obrazining nazariy talqini ingliz va o‘zbek adabiy an’analari doirasida qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiylik va badiiylik munosabati, muallif pozitsiyasi, milliy xotira va tarixiy ong masalalari asosiy metodologik mezonlar sifatida qaraladi. Sharq va G‘arb adabiyotshunosligida tarixiy shaxs obrazini talqin etishga doir yetakchi ilmiy qarashlar umumlashtirilib, tarixiy obrazning estetik hamda ijtimoiy-falsafiy funksiyalari yoritiladi. Maqolada tarixiy shaxs obrazining nafaqat tarixiy voqelikni aks ettiruvchi vosita, balki muallif g‘oyasi va davr ruhini ifodalovchi murakkab badiiy konstruksiya ekani asoslab beriladi.