KUTILMAGAN DAROMADLAR SHAROITIDA BUDJET INTIZOMI VA MAHALLIY BUDJETLAR USTIDAN VAKILLIK NAZORATINI KUCHAYTIRISH
Annotatsiya
Tezisda mahalliy budjetlar ustidan vakillik nazoratini kuchaytirish va kutilmagan daromadlar sharoitida budjet intizomini saqlash masalalari tahlil qilingan. O'RQ-976-son Qonun asosida 2025-yil dekabrida barcha 208 ta tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari o'z deputatlari orasidan raislarini saylagani va bu mahalliy budjet nazoratining institutsional asosini yaratgani ko'rsatilgan. Sirdaryo viloyati tumanlari misolida mahalliy budjetlarning o'z daromadlari bilan qoplanish darajasi va transfertlar hajmi baholangan. 2025-yilda Davlat budjeti daromadlari qonunda belgilangan 308,5 trln so'mdan 359,8 trln so'mga yetgani, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi YaIMning 3 foizidan 2,1 foizigacha qisqargani qayd etilgan. Tadqiqot natijasida Kengashlarga xizmat ko'rsatuvchi budjet tahlili guruhlarini tashkil etish, deputatlar uchun budjet savodxonligi dasturini joriy etish, rejadan ortiq daromadning kamida yarmini taqchillikni qisqartirish yoki barqarorlashtirish zaxirasiga yo'naltirish hamda mahalliy daromad prognozida bir martalik tushumlarni chiqarib tashlash bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.