TIRNAMA SOPOL BUYUMLARNING ARXEOLOGIK MANZILGOHLARDA UCHRASHI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi hududidagi arxeologik manzilgohlarda aniqlangan tirnalgan bezakli sopol buyumlarning tarqalish areali, tipologik xususiyatlari hamda ularning xronologik va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tirnalgan bezakli keramika asosan qizil, qora va jigarrang angob bilan qoplangan, kulolchilik charxida tayyorlangan idishlar tarkibida uchraydi. Bezaklar ko‘pincha angob ustiga yarim qurigan holatda tirnab tushirilgan bo‘lib, ular geometrik (uchburchak, zigzag, parallel chiziqlar), shuningdek, stilizatsiyalangan o‘simlik va hayvon tasvirlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tirnalgan bezakli sopol buyumlar Farg‘ona vodiysining turli hududlarida — Norin va Qoradaryo oralig‘i, Isfara vodiysi, Janubiy Farg‘ona, shuningdek, Batken va unga tutash hududlarda keng tarqalganligi aniqlangan. Stratigrafik va tipologik ma’lumotlarga asoslanib, mazkur turdagi keramika asosan miloddan avvalgi III–II asrlar hamda milodiy I–IV asrlar oralig‘ida keng rivojlanganligi qayd etiladi. Ayrim majmualarda bezakli idishlar ulushi 7–15 % ni tashkil etib, ba’zi hollarda 25–26 % gacha yetishi kuzatiladi.