Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FARG‘ONA VODIYSIDA O‘SUVCHI ASTRAGALUS FERGANENSIS O‘SIMLIGI ORGANLARINING AMINOKISLOTA TARKIBI

2026uz

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot Astragalus turkumiga mansub, Farg‘ona vodiysida o‘suvchi Astragalus ferganensis o‘simligining turli organlari (urug‘, ildiz, poya-barg va urug‘ qobig‘i) tarkibidagi erkin aminokislotalar miqdoriy va sifat tarkibini aniqlashga bag‘ishlangan. O‘simlik xomashyosi vegetatsiya davrining oxirida yig‘ilib, standart usullar asosida tayyorlandi. Erkin aminokislotalar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YSSX) usuli yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida o‘simlik organlarida jami 20 ta erkin aminokislota aniqlanib, ularning miqdori organlar kesimida sezilarli darajada farq qilishi aniqlandi. Eng yuqori umumiy aminokislotalar miqdori urug‘da (136,819 mg/g), undan keyin ildiz (55,257 mg/g), urug‘ qobig‘i (40,800 mg/g) va poya-barg (34,851 mg/g) qismlarida qayd etildi. Urug‘ tarkibida glutamin, treonin, serin va prolin ustun bo‘lsa, ildizda prolin miqdori juda yuqori ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar Astragalus ferganensis o‘simligini aminokislotalarga boy biologik faol xomashyo sifatida tavsiflash imkonini beradi hamda uni farmatsevtika va tibbiyot amaliyotida istiqbolli manba sifatida ko‘rib chiqishga ilmiy asos yaratadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba