"ART STUDIO" IJODIY MARKAZIDA TASVIRIY SAN'AT TA'LIMI ORQALI YOŞLARNING BADIIY-ESTETIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRIŞ METODIKASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada Çirçiq davlat pedagogika universiteti San'atşunoslik fakulteti qoşidagi "Art Studio" ijodiy markazi faoliyati misolida tasviriy san'at ta'limi orqali yoşlarning badiiy-estetik tafakkurini rivojlantiriş metodikasi yoritilgan. Badiiy-estetik tafakkur estetik idrok, obrazli tafakkur, kreativ faoliyat, badiiy-amaliy va refleksiv-tahliliy komponentlardan iborat yaxlit tizim sifatida talqin etiladi. L. S. Vigotskiy, J. Dyui, E. Ayzner, R. Arnxeym, G. Rid qaraşlari hamda Garvard universiteti "Project Zero" guruhining "studiyaviy tafakkur" konsepsiyasi asosida art-studiya maşğulotlarini tört bosqiçda – estetik kuzatiş, badiiy ğoya va kompozitsion yeçimni şakllantiriş, amaliy ijodiy faoliyat, ijodiy işlarni tahlil qiliş va körgazmada namoyiş etiş – taşkil etiş modeli taklif qilinadi. Markazning turli yoşdagi iştirokçilar (bolalar, abituriyentlar, talabalar, havaskor rassomlar) bilan işlaş tajribasi asosida amaliy tavsiyalar işlab çiqilgan.