BIOTEXNOLOGIYA TA’LIMIDA LOYIHAVIY METOD SAMARADORLIGI (biogaz olish texnologiyasi misolida)
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu maqolada biotexnologiya fanini o‘qitishda loyihaviy ta’lim metodining samaradorligi biogaz olish texnologiyasi misolida eksperimental tadqiqot asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Farg‘ona davlat universiteti biotexnologiya yo‘nalishi 2-kurs talabalari ishtirok etdi. An'anaviy ta’lim usulida ta’lim olgan nazorat guruhi (n=24) va loyihaviy metod asosida o‘qitilgan tajriba guruhi (n=24) ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. Loyiha topshirig‘i sifatida mahalliy organik chiqindilardan biogaz olish jarayonini modellashtirish tanlandi. Tajriba guruhi talabalari anaerob fermentatsiya jarayonini kuzatdilar, turli substratlar samaradorligini taqqosladilar hamda olingan natijalarni ilmiy- uslubiy jihatdan tahlil qildilar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, loyihaviy metod asosida ta’lim olgan talabalar nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini namoyon etdi: tajriba guruhining o‘rtacha bali 4.21±0.34 ni, nazorat guruhiniki esa 3.64±0.41 ni tashkil etdi (p
Hali tarjima qilinmagan