KATALITIK USULDA PET CHIQINDILARIDAN TEREFTALDIAMID SINTEZ QILISH
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda polietilentereftalat (PET) chiqindilarini kimyoviy qayta ishlash bilan nuhum ahamiyatga ega mahsulot tereftaldiamid (TPA) sintez qilishning katalitik usuli tadqiq natijalari keltirildi. Tadqiqot davomida PET chiqindilaridan ajratib olingan tereftal kislota va karbamid reaksiyasi ishtirokida noorganik tuzlardan arzon va samarali katalizator sifatida foydalanib aminlash reaksiyasi olib borildi. Jarayonning unumiga ta'sir etuvchi asosiy omillar bo’lgan, reaksiya harorati, bosim, boshlang'ich moddalar massa nisbati,vaqt va katalizator turi o'rganilib chiqildi. O’tqazilgan tajribalar natijasida eng yaxshi unumga (75-80%) tereftal kislota va karbamidning 1:1.4 massa nisbatida, 185°C harorat, 6 atm bosim, 3 soat va NaCl katalizatori eng optimal variant ekanligi aniqlandi. Olingan mahsulotning elementar tarkibi va tuzilishi MIRA 2 LMU skanerlovchi elektron mikroskopi va boshqa tahlil usullari orqali tasdiqlandi. Ushbu metod PET chiqindilarini ekologik xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali qayta ishlash imkonini beradi.
Hali tarjima qilinmagan