Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEKISTON QURILISH MATERIALLARI SANOATIDA HUDUDIY TALAB VA ISHLAB CHIQARISH MUTANOSIBLIGI: 2024 VA 2025-YILLAR TAHLILI

Abdullo Sagdullaevich TurdievAlfraganus University dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada O'zbekiston qurilish materiallari sanoatida hududiy talab va ishlab chiqarish joylashuvining mutanosibligi 2024–2025-yillar kesimida baholangan. Empirik baza 14 hudud bo'yicha SIATning 2024-M12 va 2025-M12 jamlanma qatorlaridan tuzildi. Taklif proksisi sifatida IFUT-23 bo'yicha boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish qiymati, talab proksisi sifatida qurilish ishlari qiymati olindi. Hududiy ulushlar nisbati, Pearson va Spearman korrelyatsiyasi, HHI hamda CR3 ko'rsatkichlari hisoblandi. 2025-yilda Pearson r=0,829 va Spearman ρ=0,710 bo'ldi. Besh hududda talab bosimi yuqori, besh hududda nisbatan muvozanatli va to'rt hududda ishlab chiqarish yo'nalganligi signali qayd etildi. HHI 2023-yildagi 0,1115 dan 2025-yilda 0,1058 gacha kamaydi. Natijalar natural tanqislik yoki ortiqcha quvvatni isbotlamaydi; ular mahsulot tarkibi, hududlararo jo'natma va logistika xarajatlarini chuqur tekshirish uchun diagnostik saralash vositasi sifatida talqin qilinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba