MARKAZIY BANK MUSTAQILLIGI VA INFLATSIYANI MAQSADLI BOSHQARISH REJIMINING INSTITUTSIONAL ASOSLARI: XALQARO TAJRIBA VA O'ZBEKISTON AMALIYOTI
Annotatsiya
Markaziy bank mustaqilligi va inflatsiyani maqsadli boshqarish rejimining institutsional asoslari tahlil qilinadi. Narxlar barqarorligini ta'minlash nafaqat pul-kredit siyosati instrumentlarining to'g'ri tanlanishiga, balki markaziy bankning huquqiy maqomi, mandati, boshqaruv tuzilmasi va hisobdorlik mexanizmlariga ham bog'liq. Tadqiqotning maqsadi markaziy bank mustaqilligiga oid nazariy qarashlarni umumlashtirish, uning asosiy tarkibiy qismlarini xalqaro tajriba asosida tizimlashtirish, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining institutsional asoslarini baholash hamda ularni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-mantiqiy, qiyosiy-huquqiy, tizimli tahlil va kontent-tahlil usullaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari markaziy bank mustaqilligining huquqiy jihatdan mustahkamlanishi zarur, biroq uning samarali faoliyat yuritishi uchun yetarli shart emasligini, mustaqillikning amaliy samaradorligi shaffoflik, hisobdorlik va fiskal intizom bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatadi. Shu asosda O'zbekistonda markaziy bankning amaldagi mustaqilligini mustahkamlash yo'nalishlari ilmiy jihatdan asoslanadi.