ACONITUM TALASSICUM O‘SIMLIGINING YER USTI VA YER OSTI QISMLARIDAGI ERKIN AMINOKISLOTALAR TARKIBINI YSSX USULIDA O‘RGANISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada Aconitum talassicum Popov o‘simligining yer osti va yer ustki qismlaridagi erkin aminokislotalar tarkibi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli yordamida o‘rganildi. Tadqiqotning dolzarbligi dorivor o‘simliklarda birlamchi metabolitlar, xususan aminokislotalar taqsimlanishini fitokimyoviy baholash zarurati bilan belgilanadi. Namunalardagi oqsil-peptid fraksiyalari trixlorsirka kislotasi yordamida cho‘ktirilib, aminokislotalar fenilizotiosianat bilan hosilalandi. Har ikkala qismda 20 ta erkin aminokislota aniqlandi. Umumiy aminokislotalar miqdori ildizda 72,712 mg/g, yer ustki qismda 26,867 mg/g bo‘ldi. Natijalar ildiz qismining essensial aminokislotalar va azotli metabolitlar zaxirasi sifatida yuqori biokimyoviy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan