Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TEMIR PEDOBIOGEOKIMYOSI

Gulam YuldashevFarg‘ona davlat universiteti, q/x.f.d, professorNazokatxon Shamshiddin qizi XakimjonovaFarg‘ona davlat universiteti tayanch doktorantSotiboldiyeva Go‘zalxon Tolibjonovna
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Markaziy Farg‘ona hududidagi gidromorf va yarim gidromorf tuproqlarda temir (Fe) elementining pedobiogeokimyoviy holati, uning tuproq profilida taqsimlanish qonuniyatlari hamda mikroelementlar migratsiyasidagi roli ifodalangan. Tadqiqotlar neytron-aktivatsion tahlil natijalariga ko‘ra amalga oshirildi. Olingan natijalarga ko‘ra, Markaziy Farg‘ona botqoq sho’rxoklarida temir miqdori 12,8-22,0 g/kg oralig‘ida o‘zgarib, o‘rtacha qiymat 16,8 g/kg ni tashkil etdi. Temirning profil bo‘yicha taqsimlanishida gidromorf sharoit, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari va suv rejimining ta’siri ochib berildi. Eng yuqori Fe miqdori 44-60 sm qatlamda (22,0 g/kg), eng past qiymat esa 20-100 sm qatlamda (12,8 g/kg) qayd etildi. Statistik tahlil natijalari Fe miqdorining o‘rtacha variabelligini (V=20,8 %) ko‘rsatdi. Korrelatsion tahlil natijasida temirning Zn bilan (r = 0,9), Mn (r = 0,9), Ni (r = 0,7) va Co (r = 0,6) elementlari bilan ijobiy bog‘liqligi, Mo bilan esa zaif salbiy bog‘liqligi (r = -0,4) aniqlandi. Olingan natijalar temir oksidlari gidromorf tuproqlarda mikroelementlarning migratsiyasi va akkumulyatsiyasini boshqaruvchi asosiy geokimyoviy to‘siq vazifasini bajarishi mumkinligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar Markaziy Farg‘ona tuproqlarining geokimyoviy holatini baholash, meliorativ tadbirlarni takomillashtirish va tuproq resurslaridan barqaror foydalanish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba