JIZZAX VILOYATI TURIZM XIZMATLARINING RESPUBLIKA VA QÖŞNI HUDUDLAR (SAMARQAND, SIRDARYO, NAVOIY) BILAN QIYOSIY TAHLILI
Annotatsiya
Jizzax viloyatida turizm xizmatlarining rivojlaniş körsatkiçlari respublika miqyosidagi hamda qöşni hududlar — Samarqand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlaridagi körsatkiçlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot hududiy statistika boşqarmalarining 2024-yilgi turizmga oid rasmiy ma'lumotlari hamda SIAT axborot tizimidagi yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari hajmiga oid statistik körsatkiçlarga asoslanadi. 2024-yilda Jizzax viloyatida har 1000 nafar aholiga 1,02 ta joylaştiriş örni töğri kelgan bölib, bu respublika örtacha körsatkiçidan (2,16) ikki baravardan köproq, Samarqand viloyatidan (3,29) uç baravardan köproq va Navoiy viloyatidan (1,84) deyarli ikki baravar pastdir. Mazkur körsatkiç faqat Sirdaryo viloyatiga (0,80) nisbatan yuqori böлган. Jizzax viloyatining respublika böyiça jami joylaştiriş örinlaridagi uluşi (1,94 foiz) uning mamlakat aholisidagi uluşidan (4,10 foiz) ikki baravardan köproq kamdir. Şu bilan birga, bitta joylaştiriş örniga töğri keladigan joylaştirilgan şaxslar soni Jizzax viloyatida 42,9 nafarni taşkil etib, Samarqand (31,0) va Navoiy (24,4) viloyatlari körsatkiçlaridan yuqori böлган. 2018–2025-yillarda yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari hajmi Jizzax viloyatida 5,30 baravar, respublika böyiça 5,98 baravar, Samarqand viloyatida 10,02 baravar va Navoiy viloyatida 11,17 baravar oşgan. Tadqiqot natijalari Jizzax viloyatida turizm xizmatlarining rivojlaniş sur'atlari ayrim qiyoslanayotgan hududlarga nisbatan pastroq ekanligini körsatadi. Tahlilda xizmatlar hajmi nominal qiymatlarda baholangan, joylaştiriş xizmatlariga oid hududiy statistik qatorlar esa 2022–2024-yillarni qamrab olgan. Kalit sözlar: turizm xizmatlari, joylaştiriş vositalari, Jizzax viloyati, hududlararo qiyosiy tahlil, aholi jon boşiga töğri keladigan körsatkiçlar.