Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KO‘ZI OJIZ BOLALARNING AKADEMIK-IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA ASSISTIV VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNIGA OID TAYANCH KONSEPSIYALAR

Sharofutdinov Iqboljon Usmonjon o'g'liFarg‘ona davlat universiteti “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada ko‘zi ojiz bolalarning akademik va ijtimoiy rivojlanishida assistiv va raqamli texnologiyalarning o‘rnini tushuntirib beruvchi tayanch konsepsiyalar nazariy jihatdan tahlil qilingan. L.S.Vigotskiyning kompensatsiya nazariyasi, nogironlikning ijtimoiy modeli va funksionallik tasnifi, ta’limning universal dizayni, ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun kengaytirilgan asosiy o‘quv dasturi, “inson - faoliyat - kontekst - texnologiya” modeli hamda o‘qituvchining texnologik-pedagogik bilimlari konsepsiyasi qiyosiy o‘rganilgan. Har bir konsepsiyadan texnologiyalarni qo‘llashga oid pedagogik xulosalar chiqarilib, ular akademik va ijtimoiy rivojlanish sohalari bilan bog‘langan. Konsepsiyalarning “Nurli maskan” maktab-internatlari sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar