Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUN’IY INTELLEKT VOSITASIDA INGLIZ TILIDAN O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVISTIK MUAMMOLARI

Abduvaxobova Mubinaxon Azizbek qiziAndijon davlat chet tillari instituti 2-kurs talabasi, Tel.: +998 95 033 69 30Ataboyev Ahadjon Djumakuziyevich
2026en
ABI

Annotatsiya

Maqolada sun’iy intellekt vositalari yordamida ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda uchraydigan lingvistik muammolar tahlil qilinadi. Onlayn tarjima xizmatlari va katta til modellari asosidagi chat-botlar bugungi kunda talabalar, o‘qituvchilar va oddiy foydalanuvchilar tomonidan keng qo‘llanmoqda. Biroq ularning tarjimalarida turli xatolar uchraydi. Tadqiqotda bu xatolar leksik, frazeologik, grammatik, pragmatik va imloviy guruhlarga ajratib ko‘rib chiqildi. Ko‘p ma’noli so‘zlar, “soxta do‘st” so‘zlar, iboralarni so‘zma-so‘z tarjima qilish, zamon shakllarini noto‘g‘ri berish, son bilan kelgan otlarda ko‘plik qo‘shimchasini ortiqcha qo‘llash, sen va siz murojaatini tanlashdagi xatolar shular jumlasidandir. Maqolada bu muammolarning sabablari ochib beriladi va sun’iy intellekt tarjimasidan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar