VIDEO VA ANIMATSIYALARNING TALABALARDA AXLOQIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI
Annotatsiya
Mazkur maqolada video va animatsion materiallarning oliy ta’lim muassasalari talabalarida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishdagi pedagogik va psixologik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Axloqiy tarbiyada audiovizual vositalardan foydalanishning nazariy asoslari, ularning talabalarning axloqiy tasavvurlari, qadriyatlarga munosabati va ijtimoiy xulq-atvoriga ta’sir etuvchi omillari yoritilgan. Video va animatsiyalarning mazmuniy, obrazli hamda hissiy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning ta’lim jarayonidagi o‘ziga xos imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, audiovizual materiallarni tanlash, namoyish etish va muhokama qilishga qo‘yiladigan pedagogik talablar, ulardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan axborot va tarbiyaviy xavflar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, ilmiy adabiyotlar va zamonaviy tadqiqotlar asosida umumlashtirishlar amalga oshirilgan.