O‘ZBEKISTONDA KUZATILMAYDIGAN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH BO‘YICHA INTEGRATSIYALASHGAN RAQAMLI FISKAL BOSHQARUV MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot (KI) va uning yashirin komponentini qisqartirishga qaratilgan integratsiyalashgan raqamli fiskal boshqaruv mexanizmi tadqiq etilgan. Tahlil Milliy statistika qo‘mitasining Uslubiy nizomi (MHT-2008 va IHTT metodologiyasi asosida) ta’riflariga tayanadi: KI = norasmiy (V_n) + yashirin (V_y). 2010–2025-yillar rasmiy ma’lumotlari asosida KI ning YaIMdagi ulushi 2016-yildagi 48,3% cho‘qqisidan 2025-yilda 26,9% ga qadar qisqargani, yashirin komponentning YaIMdagi ulushi esa 6,5–8,1% oralig‘ida barqaror qolgani aniqlangan. Qisqarish asosan norasmiy sektor rasmiylashishi hisobiga sodir bo‘lgan. Yashirin komponentning 82,5% i xizmatlar tarmog‘ida to‘plangan. Ish natijasida hududlarni V_y/YaHM asosida tabaqalash, mexanizmning kontseptual modeli va risk-indeks formulasi taklif etilgan.
Hali tarjima qilinmagan