MUMTOZ SHE’RIYATNING RAQAMLI SEMANTIK LUG‘ATI (BOBUR IJODI MISOLIDA)
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada mumtoz o‘zbek she’riyatini raqamli texnologiyalar asosida o‘rganish, xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining raqamli semantik lug‘atini yaratish masalalari tadqiq etiladi. Bobur she’riyatidagi tarixiy leksika, ko‘p ma’noli so‘zlar, ramziy obrazlar va poetik birliklarni semantik jihatdan tasniflash tamoyillari yoritiladi. Shuningdek, elektron lug‘at maqolasining tarkibiy modeli, so‘zlarning kontekstual ma’nosini aniqlash, poetik vazifasini belgilash hamda ularni raqamli muhitda tizimlashtirish usullari taklif etiladi. Maqolaning maqsadi Bobur she’riy merosi asosida raqamli semantik lug‘at yaratishning nazariy va amaliy tamoyillarini belgilash, lug‘at birliklarini tasniflash mezonlarini ishlab chiqish hamda ularning lingvopoetik tahlildagi imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqot mumtoz she’riy matnlarni lingvistik va lingvopoetik jihatdan kompleks o‘rganishga xizmat qiladi.