O‘ZBEK VA TURK TİLLARİDAGİ FONETİKA HAMDA GRAFİKA MASALALARİ QİYOSİ
Annotatsiya
Ma’lumki, tilning eng asosiy komponenti tovushlar va bu tovushlarga mos keladigan harflardir. Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz, harflarni esa ko‘ramiz, o‘qiymiz va yozamiz. Tovushlar akustik birlik hisoblanib, tilshunoslikning fonetika bo‘limida o‘rganiladi, harflar esa tovushlarning yozuvdagi grafik belgisi hisoblanib, tilshunoslikning grafika bo‘limida o‘rganiladi. Harflar tovushlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Tovush og‘zaki nutqda talaffuz qilinadigan, o‘pkadan chiqayotgan havoning halqum orqali og‘iz bo‘shlig‘idagi a’zolar: til, tish, lab va burun bo‘shlig‘iga tegib, turli-tuman tovushlarni hosil qiladi – artikulyatsiyasi natijasida yuzaga keladi. Tovushlar paydo bo‘lish usuli va qayerda paydo bo‘lishiga qarab tasniflanadi. Dunyoda mavjud deyarli barcha tillarda tovushlar ikki yirik guruhga ajratiladi: 1) unli tovushlar; 2) undosh tovushlar. Xususan, turk va o‘zbek tillarida ham shunday tasnif mavjud bo‘lib, ayrim o‘ziga xos jihatlari bilan tovush va harflar tizimi farqlanadi. Mazkur maqolada har ikki tildagi o‘xshash va farqli jihatlar farqlandi. Raqamli texnologiyalar rivojlangan ayni paytda va NLP yo‘nalishlaridan morfologik tahlil, mashina tarjimasi, matnlarni ovozlashtirish, nutqni tanish jarayonlarini takomillashtirish hamda avtomatik talaffuzdagi xatoliklarni bartaraf etish uchun ham ikki tilning fonetik va grafik xususiyatlari ushbu maqolada tadqiq etildi.