PEDAGOGIK TA’LIMDA DIAGNOSTIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION STRATEGIYALARI
Farangiz Sag‘dullayevaQarshi davlat universiteti tayanch doktoranti
2026
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Maqolada pedagogika yo‘nalishi talabalarida diagnostik tafakkurni rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari va innovatsion strategiyalari tahlil qilinadi. Diagnostik tafakkur pedagogik vaziyatlarni kuzatish, dalillarni tahlil qilish, muammolarning ehtimoliy sabablarini aniqlash, asoslangan xulosalar chiqarish va tegishli pedagogik qarorlarni tanlash qobiliyati sifatida talqin etiladi. Pedagogik diagnostika stansiyalari, SWOT tahlil, keys-stadi, mikroo‘qitish va refleksiyani integratsiyalash mexanizmi taklif etiladi. Diagnostik tafakkurni baholash mezonlari va uni rivojlantirishning didaktik shartlari asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos3 ta foydalanilgan manba