Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

XUSUSIY BIRIKUVCHILI BIRIKMALAR: O‘ZBEK TILIDA IBORA, SO‘Z BIRIKMASI VA QO‘SHMA SO‘Z O‘RTASIDAGI STRUKTUR–SEMANTIK ORALIQ BIRLIKLAR

Haydar HamdamovAxborot texnologiyalari va menejment universiteti, f.f.f.d.,
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek tilida xususiy birikuvchili birikmalarning lingvistik maqomi ibora, so‘z birikmasi va qo‘shma so‘zlar bilan qiyosiy tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqotda xususiy birikuvchili birikmalar struktur jihatdan ochiq, biroq leksik tanlov darajasida cheklangan, semantik jihatdan esa shaffof, ammo qisman barqaror birliklar sifatida talqin qilinadi. Struktur–semantik tahlil va differensial mezonlar asosida ushbu birliklarning gradatsion va prototipik xarakterga egaligi aniqlanadi. Olingan natijalar xususiy birikuvchili birikmalarni na ibora, na erkin so‘z birikmasi, na qo‘shma so‘z doirasida to‘liq izohlash mumkin emasligini ko‘rsatadi. Tadqiqot yakunida xususiy birikuvchili birikmalar til tizimida struktur–semantik, diskursiv va kognitiv omillar ta’sirida shakllanadigan, oraliq, biroq mustaqil birliklar sifatida talqin qilinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba