CICHORIUM INTYBUS L. O‘SIMLIGI 70% LI ETANOL EKSTRAKTINING IN VITRO SHAROITDA ANTIMIKROB FAOLLIGINI O‘RGANISH
Umarova Odinaxon Maxmadamin qiziFarg‘ona davlat universiteti tayanch doktorantiИбрагимов АлиджанFarg‘ona davlat universiteti, kimyo fanlari doktori, professor
2026
Ochiq kirishBronza
ABI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda Farg‘ona viloyatida gullash fenofazasida yig‘ilgan Cichorium intybus L. o‘simligining yer ustki qismlaridan olingan 70% li etanol ekstraktining antibakterial va antifungal faolligi in vitro sharoitda o‘rganildi. Antimikrob faollik agar-disk diffuziya usuli yordamida, minimal ingibirlovchi konsentratsiya (MIK), minimal bakteritsid konsentratsiya (MBK) va minimal fungitsid konsentratsiya (MFK) esa qayta ekish natijalari asosida baholandi. Ekstrakt Staphylococcus aureus, Escherichia coli va Candida albicans ga nisbatan ingibirlovchi ta’sir ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba