Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FANLARARO VA MUTAXASSISLIKLARARO SINTEZ: YOXUD SUD-BUXGALTERIYA EKSPERTIZASINI O'QUV FANI VA MUTAXASSISLIK SIFATIDA SHAKLLANTIRISH XUSUSIDA

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada buxgalteriya hisobi, audit va taftishning huquq tarmoqlari bilan uyg'unlashuvi asosida shakllanayotgan sud-buxgalteriya ekspertizasi (SBE) fani hamda mutaxassisligi bo'yicha ta'lim dasturini shakllantirish, ta'lim jarayonining ilmiy, o'quv-uslubiy, tashkiliy va kadrlar ta'minoti masalalari yoritilgan. Ayrim rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlarida ekspert-buxgalterlar tayyorlashga doir yondashuvlar tahlil qilinib, ularning o'ziga xos jihatlari ko'rib chiqilgan. Xalqaro amaliyot va mamlakatimiz tajribasini qiyoslash asosida ta'limni dual shaklda tashkil etish masalalari yoritilib, SBE magistratura mutaxassisligi bo'yicha ta'lim dasturining tuzilmasi taklif etilgan. Shuningdek, ekspert-buxgalterlar tayyorlashda amaliyotga yo'naltirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan ta'lim yondashuvlari tavsiya etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba