JON GRINNING “YULDUZLAR AYBDOR” ROMANIDA O‘SMIRLAR NUTQINING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA ADEKVATLIGI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Maqolada John Greenning “The Fault in Our Stars” romanidagi o‘smirlar muloqoti pragmatikasi hamda uning o‘zbekcha tarjimasida yoshlar diskursini adekvat qayta yaratish muammolari tahlil qilinadi. YA (young adult) matnning kommunikativ qiymati ko‘pincha sujetdan ko‘ra dialoglarning “ovoz”ida, ya’ni qahramonlarning o‘zaro qanday gaplashishida namoyon bo‘ladi. O‘smirlar nutqi sotsiolingvistik jihatdan substandart birliklar (slang), diskurs markerlari (I mean, like, you know), intensivatorlar (really, super), hazil va kinoya, tabular va evfemizmlar, lakunar qisqartmalar (matnli xabarlar), shuningdek, yaqinlikni quruvchi murojaat shakllari bilan tavsiflanadi. Ushbu birliklar nafaqat ma’no beradi, balki ijtimoiy identitetni yaratadi: qahramon “kattalardek” gapirmaydi, u o‘z guruhining tili bilan yashaydi. Tarjimada esa ko‘pincha normativ adabiy tilga tekislash (neytrallashuv), tabu leksikani yumshatish yoki tushirib qoldirish, diskurs markerlarini yo‘qotish kabi holatlar o‘smirona tovushni pasaytiradi. Maqolada pragmatik adekvatlikni baholash uchun mezonlar (illokutsion moslik, ekspressivlik, politeness dinamikasi, sotsiolingvistik belgililik) taklif etiladi va o‘zbek tilining imkoniyatlariga tayanib, funktsional analog, kompensatsiya, pragmatik adaptatsiya hamda minimal transliteratsiya strategiyalari asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan